O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Oʻzbekiston Qahramoni” unvonini berish toʻgʻrisida

2019-08-29 | Hujjatlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, Vatanimiz obodligi, turmushimiz farovonligini taʼminlash borasidagi ulkan xizmatlari, soʻnggi yillarda yurtimizda jadallik bilan olib borilayotgan tub islohotlar jarayonidagi tashabbuskorligi va fidoyiligi, davlat va xalq manfaatlarini roʻyobga chiqarish yoʻlidagi fidokorona mehnati, ishlab chiqarish va ijtimoiy-maʼnaviy sohalardagi koʻp yillik samarali va ibratli faoliyati, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qoʻshgan katta hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon – “Oltin yulduz” medali topshirilsin:

Yerniyazov Musa Tajetdinovich - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi

Murotova Lola Neʼmatovna - Fargʻona viloyati Oltiariq tumani “Nurli obod” fermer xoʻjaligi boshligʻi

Normuradov Xasan Norbekovich - “Nuroniy” jamgʻarmasining Samarqand viloyati boʻlimi raisi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                               Sh.Mirziyoyev

Toshkent shahri, 2019-yil 28-avgust

Поделиться