O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent shahrida bino konstruktsiyasining qulashi oqibatida yuzaga kelgan vaziyat to‘g‘risida birlamchi ma’lumot
2019-08-28 | Jamiyat
Joriy yilning 28-avgust kuni soat 13:18da Toshkent FVB navbatchilik qismining bergan birlamchi ma’lumotiga ko‘ra, Olmazor tumani Nurafshon ko‘chasida yangi qurilayotgan “Riviera” savdo majmuasining qurilish jarayonida metall konstruktsiyani qulashi sodir bo‘lgan.
Natijada, 4 nafar ishchi-xodim vafot etgan va 2 nafari tan jarohat olgan. Hodisa joyiga Faqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati va shahar FVB xodimlari chiqishgan. Voqea yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.