O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi
2019-08-28 | Iqtisodiyot
27-avgust kuni Bosh vazir A. Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasining Xitoyga tashrifi chog‘ida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Xitoyning CITIC korporatsiyasi o‘rtasida ustav jamg‘armasi 1 milliard AQSh dollarga teng bo‘lgan O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi.
Ushbu qadam ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsion hamkorlikning yuqori o‘sish sur’atlaridan dalolat beradi: moliyalashtirishning barqaror mexanizmini shakllantirilishi ustuvor yuqori texnologiyali loyihalarni jadal amalga oshirishda bor kuchni sarflashga imkon beradi.
Xitoylik sheriklar bilan oldingi kelishuvga ko‘ra, asosiy e’tibor kimyo va neft-kimyo sohasidagi sanoat korxonalariga va neft-gaz sektoridagi ishlab chiqarish ob'yektlariga qaratiladi.
Yaqin kelajakda, O‘zbekiston tomonidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan istiqbolli loyihaviy takliflar to‘plamini tayyorlaydi, ularning asosiy qismini yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan hamda tegishli xom ashyo bazasi va kadrlar resurslariga ega bo‘lgan respublika hududlarida joylashgan ko‘p bosqichli ishlab chiqariladigan sikllarning eksportga yo‘naltirilgan korxonalar tashkil etadi.
Shu munosabat bilan Xitoy tomoni bilan texnik-iqtisodiy ekspertiza va keyinchalik tasdiqlash uchun loyihalarini manzilli ro‘yxatini aniqlash bo‘yicha O‘zbekistonda qator uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazilishi to‘g‘risida kelishuvga erishildi.