O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq ta’limi va Moliya vazirliklari axboroti

2019-08-26 | Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi “Ma’rifat” gazetasida chop etilgan “Prezident farmoni bajarilmasligi mumkinmi?” murojaati bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida keltirib o‘tilgan dasturning 12-bandida shaxslar o‘rtasida muloqot vositasi sifatida ishlatiladigan imo-ishora tilini yanada rivojlantirish va nogironligi bo‘lgan shaxslar, shu jumladan, katta yoshdagilarning savodxonligini oshirish maqsadida viloyat, tuman markazlarida (talablardan kelib chiqqan holda) umumta’lim maktablari negizida imo-ishora tili va brayl alifbosini o‘rgatish bo‘yicha kurslar tashkil etishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.

Mazkur bandning ijrosini ta’minlash maqsadida normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilib, tegishli idoralarga taqdim etilgan. Jumladan, hujjat Moliya vazirligi bilan kelishilgan.

Hujjat loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilgan va hozirda ekspertizadan o‘tkazilmoqda.

Поделиться