O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Senat raisi senatorlar nimalarga e’tibor qaratishi zarurligini ma’lum qildi

2019-08-23 | Siyosat

Oliy Majlis Senatining yigirma birinchi yalpi majlisida senatorlar zimmasidagi vazifalar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar haqida so‘z bordi.

Senat raisi T.Norboeva Prezidentimiz joylardagi muammolar, dolzarb masalalarning samarali yechimi hududlarda deputatlik nazoratining qay darajada yo‘lga qo‘yilganiga ham bog‘liq ekanini qayta-qayta uqtirayotganini qayd etdi. Biroq, qanchalik ko‘p gapirilmasin, qancha tavsiya va ko‘rsatma berilmasin, bu boradagi kamchiliklar hamon saqlanib qolmoqda.
 
- Asosiy mas’uliyat senatorlar zimmasida, - dedi T.Norboeva. – Chunki ularni senator sifatida aynan mahalliy Kengashlar saylagan. Shu bois, mahalliy Kengashlar ishining samaradorligi uchun ular rahbarlari bilan birgalikda Senat komissiyasi a’zolari, hududlardan saylangan senatorlar shaxsan javobgar bo‘ladilar. Ya’ni, hududlardagi senatorlar faoliyatiga baho berishda ularning mahalliy Kengashlar faoliyatiga ko‘rsatayotgan amaliy yordamiga asosiy mezonlardan biri sifatida qaraladi.
 
Majlisda senatorlar oldida turgan yangi vazifalarga e’tibor qaratildi.
 
Kelgusida davlat va jamiyat rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsata olmayotgan umumiy tusdagi qonunlarni ma’qullash amaliyotidan to‘liq voz kechiladi. Har bir nazorat tadbirining aniq amaliy natijalar bilan yakunlanishiga erishish shart. Mahalliy Kengashlar faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashish nafaqat Senatning tegishli komissiyasi, balki boshqa qo‘mita va komissiyalari faoliyatining ham ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanadi. Gender tenglik masalalari, xotin-qizlar huquqlarining to‘liq ro‘yobga chiqishini ta’minlash, aholi, xususan yoshlarni ish bilan ta’minlash, jamoat tartibini saqlash bo‘yicha ishlarda faol ishtirok etish har bir qo‘mita va komissiya, senatorning asosiy vazifalaridan bo‘ladi. Mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash, olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazish amaliyoti yanada kuchaytiriladi.
 
Senat raisi o‘z so‘zida turli ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan va mamlakatimiz obro‘siga putur yetkazayotgan axborot hamda u bilan bog‘liq xurujlarning sabablaridan biri ham ba’zi hollarda qonunlardagi qat’iy normalarga e’tiborsiz yondashuvning oqibati ekanini qayd etdi.
 
Yalpi majlis kun tartibiga kiritiladigan qonunlar va boshqa dolzarb masalalar mavjud muammolarning yechimini topish, har bir sohada qonuniylikni so‘zsiz ta’minlashga xizmat qiladi.
 

N.Abduraimova, O‘zA

Поделиться