O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Inom Majidov: QQDU bo‘yicha Prezident qarori tayyorlanadi

2019-08-23 | Ta’lim

Joriy yilning 20-21 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar ijrosi bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Prezidentimiz Qoraqalpog‘istondagi barcha sohalar kabi, oliy ta’lim tizimida ham yangilanishlar bo‘lishi, yoshlarning ona-Vatanga sadoqatli, ma’naviy-axloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisi bo‘lishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha bir qator ko‘rsatmalarini berib o‘tdi.

Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Prezidentimizning mazkur topshiriqlarini amalga oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Madjidov so‘zga chiqib, Qoraqalpog‘istondagi barcha oliy ta’lim muassasalarini yangi bosqichga ko‘tarish, ularning ilmiy salohiyatini oshirish, ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish, oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini oshirish, talaba-yoshlarga milliy yuksalish g‘oyalariga, yuksak ma’naviyat va insoniylikning an’analariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish bo‘yicha batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, vazir Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpoq davlat universitetini yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori loyihasini tayyorlash yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi hamda tadbirda ishtirok etayotgan barcha fakultet dekanlari va kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilarining taklif va tavsiyalari qaror loyihasini shakllantirishga asos bo‘lishini ta’kidladi.

Поделиться