O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi axboroti

2019-08-22 | Sog‘liqni saqlash

Sog‘liqni saqlash vazirligi shu yil 21-avgust kuni Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida shifokorlarga bemorning qarindoshi tomonidan suiqasd uyushtirilishi, shifokorlar xonasiga benzin sepib, xonaga o‘t qo‘yib yuborishga uringanlik holatini ming afsus bilan qayd etadi.

Ma’lumki, vazirlik jamiyatimizda fuqarolarning shifokorlarga tajovuz qilish kabi noxush holatlarning oldini olishning eng samarali yo‘llaridan biri sifatida tibbiyot xodimiga nisbatan sodir etilayotgan noqonuniy xatti-harakatlar uchun qat’iy javobgarlikni kuchaytirish lozimligini muntazam ta’kidlab keladi. 

Shundan kelib chiqqan holda, bundan bir muddat oldin Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan edi. Mazkur loyiha bilan o‘z xizmat vazifasini bajarib turgan tibbiyot xodimiga bemor va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan g‘ayriqonuniy ravishda tajovuz qilinishi yoki ularga tan jarohati yetkazilishidan iborat qilmishlarni Jinoyat kodeksining bezorilik uchun javobgarlikni ko‘zda tutuvchi 277-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish hamda ushbu harakatlarni og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholash taklif etilgan edi. Kuni kecha Andijonda sodir etilgan voqea ham ushbu loyiha qabul qilinishi nihoyatda dolzarbligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vaziri shifokorlarning haq-huquqlari himoyasini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga ham murojaat bilan chiqqan edi. Unga ko‘ra, o‘z xizmat vazifasini bajarib turgan tibbiyot xodimiga bemor va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan g‘ayriqonuniy ravishda tajovuz qilinishi yoki ularga tan jarohati yetkazilishidan iborat qilmishlar uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish tashabbusi ilgari surilgan.

Tibbiyot xodimlarigi tajovuz qilish holatlarining sodir etilishini asosiy sabablaridan biri jamiyat va xalqqa tunu kun xizmat qilayotgan shifokorlarga nisbatan tajovuz qilganlik uchun ko‘zda tutilgan jinoiy jazolarning birmuncha liberalligidir. Oqibatda esa hech bir aybi bo‘lmagan tibbiyot xodimining sog‘lig‘iga tiklab bo‘lmaydigan darajada zarar yetkazgan shaxslar ham ayrim hollarda amalda hech qanday jazo o‘tamasdan qolib ketayotganini qayd etib o‘tmasdan ilojimiz yo‘q.

Shu bois, Sog‘liqni saqlash vazirligi Oliy Majlisga shifokorlar haq-huquqlari himoyasini yanada mustahkamlash maqsadida amaldagi qonunchilikni yanada kuchaytirish, shuningdek, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi kabi qator huquqni muhofaza qilish organlaridan fuqarolarning shifokorlarga tahdid va tajovuz qilish kabi holatlarning oldini olish va bartaraf etish borasida jiddiy va keskin choralar ko‘rib borishlarini, bu borada profilaktika ishlarini yana kuchaytirishlarini qat’iy so‘rab qoladi.

Поделиться