Joriy yilning 22-27 avgust kunlari O‘zbekistonning to‘rtta shahrida “O‘zbekiston – buyuk yo‘llar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar” mavzusida madaniy meros haftaligi bo‘lib o‘tishi belgilangan edi.
Haftalik doirasida poytaxtimizda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va targ‘ib etish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining III xalqaro kongressi ish boshladi.
Kongressda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A.Abduhakimov mazkur haftalik ishtirokchilarini qutlab, bu ezgu tashabbus muhim ahamiyatga egaligini ta’kidladi.
Tadbirda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish ishlari bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar haqida so‘zlovchi videorolik namoyish etildi.
Kongress sho‘balarga bo‘lingan holda o‘z ishini davom ettiradi.
Barno Meliqulova, O‘zA