O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Markaziy harbiy okrugda Prezident qarori ijrosi bo‘yicha hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

2019-08-22 | Siyosat

Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi shtabi Situatsion markazida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov rahbarligida mamlakatimiz Prezidentining 2018-yil 4-avgust kunidagi «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi Qarori ijrosi yuzasidan yillik hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tahliliy va tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda mas’ul ofitserlar, shahar, viloyati va tuman hokimlari o‘rinbosarlari hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Dastlab yig‘ilishda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Ulug‘bek Do‘stmatov «Vatant – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!» konseptual g‘oya asosida olib borilayotgan amaliy ishlar, Qarorning mazmun-mohiyati, maqsadi va ortda qolgan bir yil davomida erishilgan natijalar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishda harbiy qismlarda tashkil etilayotgan tadbirlar, ko‘rik-tanlov, musobaqa, davra suhbatlari va ko‘rgazmali mashg‘ulotlar yuqori samara berayotgani ta’kidlandi. Harbiy qismlardagi psixologlarning o‘rni va roli haqida to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilishda harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarga e’tibor qaratildi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, elektron va badiiy kutubxona, panaramali majmuaviy otish trenajyori, askarlar oshxonasi bilan yaqindan tanishishdi.

Поделиться