O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Prezident Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi
2019-08-20 | Siyosat
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida 20-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi.
Safar davomida Mo‘ynoq, Qonliko‘l, Qorao‘zak, Taxiatosh kabi tumanlar va Nukus shahridagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish, sanoat korxonalari va fermer xo‘jaliklari faoliyati bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilib, yangi loyihalarni belgilash rejalashtirilgan. Tashrif ikki kunga mo‘ljallangan.