O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Markaziy harbiy okrug bo‘linmalari tomonidan jangovar tayyorgarlikning yangicha usullari namoyish etildi

2019-08-19 | Jamiyat

Markaziy harbiy okrug jangovar tayyorgarlik boshqarmasi tomonidan Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida jangovar tayyorgarlikning oddiy va samarali usullarini qo‘llash bo‘yicha bir nechta usul va uslublar ishlab chiqildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jizzax garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan yangicha yondashuvdagi ushbu mashqlar harbiy estafeta musobaqasi ko‘rinishida ko‘rsatib o‘tildi.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining qudratini oshirishda bevosita jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarining o‘rni katta. Shu sababli hozirgi vaqtda oddiy, lekin samarali usul va uslublar o‘ylab topilmoqda.

Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari polkovnik Po‘lat Sotivoldiyev tomonidan tavsiya qilinayotgan amaliy mashq usullari va unga kerak bo‘ladigan o‘quv moddiy baza oddiyligi bilan farqlanadi.  Kam vaqt sarflab, qo‘lbola vositalardan foydalangan holda yaratilgan «mashq maydonchasi» harbiy xizmatchilarning bo‘linma va yakka tartibda jismoniy qobiliyatlari va bilimlarini  oshirishga xizmat qiladi.

Jumladan, jamoaviy kompleks o‘qitish, ko‘z bog‘langan holda qurolni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish, jang maydonida har xil usullarda otish holatini egallash, kompleks shug‘ullanish, jang maydonidan yaradorlarni olib chiqish, o‘q-dori yetkazish, to‘sin bilan jamoaviy shug‘ullanish va boshqa mashqlar harbiy jamoalar o‘rtasidagi sog‘lom raqobat muhitini yaratib, harbiy xizmatchilarning epchillik va chaqqonlik fazilatlarini yanada rivojlantiradi.

Misol uchun, “Askarlar yopinchig‘i” uslubida aylana shaklida o‘q-otar qurollar namunalari qo‘yiladi. Harbiy xizmatchilar esa qurollardan bir qadam uzoqlikda turishadi. Buyruq berilgandan so‘ng, harakat soat yo‘nalishi yoki qarama-qarshi yo‘nalish bo‘ylab almashgan holda davom ettiriladi. Bunda bo‘linmalarning barcha tarkibdagi qurollarni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish malakasi oshiriladi.

Shuningdek, harbiy okrugda innovatsion yoshdashuvlar asosidagi ixtirochilik ishlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularni qo‘shinlarda tatbiq etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Поделиться