O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rasmiy munosabat: “Oqqo’rg’on dehqon bozori”da savdo qiluvchi ayollarning ichki ishlar organlari xodimlariga norozilik bildirib, janjallashayotganligi aks ettirilgan videolavha yuzasidan

2019-08-19 | Jamiyat

Joriy yilning 14 avgust kuni soat 11.00larda “Oqqo’rg’on dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyat hududida xavfsizlikni ta’minlash va har tomonlama qulaylik yaratish maqsadida bozor hududiga A.Navoiy ko’chasi tomondan kirish qismini devor bilan berkitish uchun tuman hokimining 1836-sonli “Oqqo’rg’on shahri ‘Birlik’ MFY A.Navoiy ko’chasi hududidagi bo’sh turgan er maydonida fuqaro Qurbonov Davron Ergashevich tomonidan ikki qavatli savdo va maishiy xizmat ko’rsatish majmuasi qurilishi uchun ruxsat berish” to’g’risidagi qarori asosida qurilish ishlari boshlangan vaqtida, shu erda poliz ekinlari va oziq-ovqat mahsulotlarini sotish bilan shug’ullanayotgan E.A., Yu.A. va N.B. ismli ayollar devor qurilsa, savdolari yurishmasligini ro’kach qilib, fuqarolar orasida jamoat tartibini buzishgan va baqir-chaqir qilib, atrofdagilarning e’tiborini o’ziga qaratib, ustalar va bozor rahbarini haqorat qilib, qurilayotgan devorni buzib tashlagan.

Bu joy bozorning asosiy kirish yo’lagi yoki bozor darvozasi ham emas. Bu erda yoymachilar tufayli avtomashinalar tirbandligi vujudga kelmoqda.

Mazkur holat bo’yicha “Oqqo’rg’on dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyat ma’muriyati tomonidan tuman IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko’ra, Oqqo’rg’on tumani IIB mas’ul xodimlari va hududiy profilaktika inspektori tartibbuzarlikni bartaraf etish maqsadida hodisa sodir bo’lgan joyga etib borishgan vaqtida bozorda savdo qiluvchi yuqorida sanab o’tilgan ayollar ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga bo’ysunmasdan, qarshilik ko’rsatishgan.

Shundan so’ng, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan fuqarolar E.A., Yu.A. va N.B.larning tartibbuzarlik sodir etishlarini oldini olish choralari ko’rilgan. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, ichki ishlar organlari xodimlari bozor hududida tartibbuzarlik sodir etayotgan fuqarolarga imkon qadar xushmuomalalik bilan murojaat qilishgan. Ammo, ayollar ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga bo’ysunmay, jamoat tartibini buzishga qaratilgan o’z xatti-harakatlarini davom ettirganliklari sababli, ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo’lgan salbiy oqibatlarga chek qo’yish maqsadida huquqbuzarlarni tuman IIBga olib borish choralari ko’rilgan va surishtiruv ishlari olib borilgan.

Ularni maxsus avtomashinaga olib chiqilayotgan holati shu atrofda jarayonni kuzatib turgan fuqarolar tomonidan qo’l telefoni orqali tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.  

Voqea sodir bo’lgan kuni tuman hokimi va uning o’rinbosari - xotin-qizlar qo’mitasi raisi shu erdagi ayollar bilan suhbatlashgan va ushbu ayollar ayni vaqtda o’z yumushlari bilan mashg’ul.

Поделиться