O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Vazirlar Mahkamasi xodimi va o‘zini tadbirkor deb atagan fuqaro o‘rtasida yuzaga kelgan tortishuv yuzasidan
2019-08-16 | Jamiyat
“Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi “Xalq bilan muloqot/Dialog s narodom” guruhida 2019-yil 16-avgust kuni Vazirlar Mahkamasi xodimi va o‘zini tadbirkor, deb atagan fuqaro o‘rtasida yuzaga kelgan tortishuv aks etgan video e'lon qilindi va muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Mazkur masala yuzasidan fuqaro bilan qo‘pol muomalada bo‘lgan xodim ustidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. Vazirlar Mahkamasi xodimi xizmat vazifasiga nomuvofiq, deb topildi va egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.