“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizim korxonalari istisno tariqasida mahalliy tadbirkorlik sub’ektlariga eksport qilish sharti bilan birja savdolari orqali bug‘doy sotmoqda.
Joriy yilning 1 - sentabrigacha bug‘doyning 1 tonnasining boshlang‘ich narxi qo‘shilgan qiymat solig‘isiz 1 610000 so‘mdan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olgan holda 1 932000 so‘mdan sotiladi.
Tadbirkorlik sub’ektlariga “nol” darajali qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqchasi Adliya vazirligini nizomiga asosan qaytarib beriladi.