O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Melioratsiya tarmoqlarini tozalashning Belarus tajribasi oʻrganilmoqda

2019-08-13 | Innovatsiya

Innovatsion rivojlanish vazirligining tanlovi asosida Belarus Respublikasining Milliy Fanlar Akademiyasida (BR MFA) qisqa muddatli ilmiy stajirovka oʻtayotgan yosh olimlarning ikki nafari  Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy-tadqiqotchilari Jasurbek Narziyev va Aybek Seytovdir. Ular suv xoʻjaligi va melioratsiya sohasidagi yangi texnologiyalarni oʻzlashtirishni hamda olgan bilimlarini yurtimiz iqtisodiyoti rivojlanishi uchun tatbiq qilishni oʻz oldilariga maqsad qilib qoʻyganlar.

Hozirda ushbu yosh olimlar Belarus Milliy Fanlar Akademiyasi Melioratsiya ilmiy-tadqiqot institutining Meliorativ tarmoqlarni ekspluatatsiya qilish hamda tabiiy tizimlarni modellashtirish va monitoringi laboratoriyasida oʻz ilmiy malakalarini oshirmoqdalar.

Respublikamizda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda yerdan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, meliorativ tarmoqlarga xizmat koʻrsatish va ularni toʻgʻri ekspluatatsiya qilish boʻyicha hukumat darajasida koʻplab tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Hozirda respublikamizda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida kuchli shoʻrlangan yerlarni shoʻrini yuvish orqali qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan yuqori hosildorlikka erishish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Buning uchun meliorativ holati yomon yerlardagi kollektor-drenaj tarmoqlarini ishchi va texnik holatini meʼyorda saqlash talab etiladi. Bunda yopiq-yotiq drenajlarni ishchi va texnik holati boʻyicha monitoring olib borish hamda ularni loyqa-choʻkindilardan tozalash orqali ushbu meliorativ obyektlarning foydali ish koeffitsentini oshirish maqsadga muvofiq. Ushbu tadbirlarni bajarish uchun iqtisodiy samaradorligi yuqori, tejamkor zamonaviy texnologik ishlanmalardan foydalanish bugunning talabidir. Shu maqsadda Belarus Milliy Fanlar Akademiyasining Melioratsiya ilmiy-tadqiqot instituti yetakchi olimlari tomonidan ishlab chiqilgan bir nechta, jumladan, yopiq-yotiq drenajlarni loyqa-choʻkindilardan mexanik va gidravlik usulda tozalovchi OD-100, UPK-30, UPD-120 va UPT-75 resurs tejamkor ishlanmalar ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu texnologiyalarni respublikamiz sharoitiga moslashtirib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiriladigan maydonlardagi yopiq-yotiq drenajlarni loyqa-choʻkindilardan tozalash tadbirlarida joriy etish uchun Belarus yetakchi olimlari bilan hamkorlik qilmoqdalar.

Zamonaviy resurs tejamkor ishlanmalarning afzalliklari shundan iboratki, dala sharoitida katta mablagʻ talab qiluvchi texnikalardan foydalanmaydi, koʻp sonli ishchi kuchi va koʻp vaqt talab etmaydi. Meliorativ obyektlarga xizmat koʻrsatuvchi xar qanday texnik xodim qoʻl kuchi yordamida bir sutka davomida bir necha gektar maydondagi yopiq-yotiq drenaj tarmogʻini loyqa-choʻkindilardan tozalash imkoniyatiga ega boʻladi. Bu esa oʻz navbatida iqtisodiy samaradorlikka, vaqtdan unumli foydalanishga va ish koʻlamini oshirishga xizmat qiladi. Natijada shoʻrlangan yerlarni shoʻrini yuvishda, shoʻr yuvish samaradorligini oshirishga erishiladi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hosildorligi oshishiga zamin yaratiladi.

Поделиться