O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Xalq ta’limi vazirligining qo‘shma bayonoti

2019-08-13 | Jamiyat

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktablarda ishlovchi 25 — 35 yoshdagi, turmushga chiqmagan va turmushidan ajragan ayollarning alohida ro‘yxati yuritilishiga oid ma’lumot paydo bo‘lgandi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Xalq ta’limi vazirligi jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamaga sabab bo‘layotgan ushbu ro‘yxat bo‘yicha yuzaga kelgan savollarga javob beradi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Xalq ta’limi vazirligi mazkur voqelikni jiddiy o‘rganib chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, bu ro‘yxat Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi tomonidan viloyatdagi huquqni muhofaza qilish organlariga ishga qabul qilishda suhbatga chaqirish uchun tuzilgan bo‘lib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ayol xodimlar, xususan, pedagoglar sonini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. Ro‘yxatda qayd etilgan ayollar roziligi olingan holda suhbatga yuborilgan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlashni xohlamaganlar esa ro‘yxatdan o‘chirilgan va suhbatga chaqirilmagan.

Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi mazkur ro‘yxatning tuzilishiga mutlaqo aloqasi yo‘qligiga qaramay, jamoatchilik oldida mas’uliyatni his qilgan holda, tegishli idoralar bilan birgalikda yuqoridagi savollarga javob izladi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Xalq ta’limi vazirligi ushbu ro‘yxatdagi ayollar masalasida aholining vahimaga tushishiga o‘rin yo‘q deb hisoblaydi.

 

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari

bilan aloqalar xizmati.

Поделиться