O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Informatsion xabar
2019-08-09 | Jamiyat
Bugun, 9 avgust kuni, soat 08:55 larda, Toshkent metropolitenning "Kosmonavtlar" stantsiyasining ikkinchi yo'li bo’ylab harakatlanayotgan 37-sonli harakat tarkibida texnik sabablariga ko'ra asosiy havo tarqatuvchi moslamasida nosozlik paydo bo'lganida kolodkaning o'z-o'zidan avtomatik to'xtashiga olib keldi va tutun paydo bo'lishiga sabab bo'ldi.
Nosozlik 5 daqiqada bartaraf etildi.
Mazkur holat Toshkent metropolitenining poyezdlar harakati jadvaliga ta'sir etmagan.
"Toshkent metropoliteni" UK