O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yevroosiyo Konchilik Akademiyasi akademigi NavDKI rektorini Yevroosiyo fanlar akademiyasining Minskda boʻlib oʻtadigan navbatdagi yigʻilishiga taklif qildi
2019-08-09 | Jamiyat
Oʻzbekiston-Belarus hamkorligi doirasida Belarus Milliy texnika universitetida qisqa muddatli ilmiy stajirovka oʻtayotgan 11 nafar Navoiy Davlat konchilik instituti professor-oʻqituvchilari, Oʻzbekistonning turli OTM va ITMlari 5 nafar tadqiqotchilari Minsk oblasti, Soligorsk shaxrida joylashgan Soligorsk resurs tejash muammolari institutida boʻlib, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, ishlab chiqarish sexlari ishi bilan tanishdilar.
Belarus Milliy Fanlar Akademiyasi, Yevroosiyo Konchilik Akademiyasi akademigi Prushak Viktor Yakovlevich yosh olimlarni iliq kutib oldi va oʻz navbatida Navoiy davlat konchilik instituti rektorini 2019-yil 5-sentyabrda Yevroosiyo fanlar akademiyasining Minskda oʻtkaziladigan navbatdagi yigʻilishiga taklif qildi.