O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jiddiy choralar ko‘rilmasa, 2030 yilga borib dunyoda qandli diabetga chalinganlar 550 million nafardan oshishi mumkin

2019-08-09 | Sog‘liqni saqlash

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi kunda dunyoda 400 million nafardan ziyod qandli diabet xastaligiga chalingan bemor bor. Tahlillarga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2030 yilga borib 550 milliondan oshishi mumkin. O‘zbekistonda ushbu kasallik bilan 220 ming nafar kishi ro‘yxatga olingan. Raqamlardan ko‘rinib turibdiki, endokrinologiya sohasini rivjlantirish dunyo miqyosida dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Shundan kelib chiqqan holda yurtimizda so‘nggi yillarda aholiga tibbiy, shu jumladan, endokrinologik xizmat ko‘rsatish sohasida katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi hamda 2019 yil 19 apreldagi “2019 — 2021 yillarda respublika aholisiga endokrinologiya yordami ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha Milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlari soha rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. 

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan “O‘zbekiston Respublikasida endokrinologiya holati” mavzusida matbuot anjumanida qayd etildi.

Unda ta’kidlanganidek, sohadagi mavjud muammolarni hal qilish va endokrin kasalliklarni oldini olish, erta tashxislash va davolash maqsadida Milliy dastur, chora-tadbirlar kompleksi, “Yo‘l xaritasi” bilan birgalikda Milliy dasturning 2019 - 2023 yillarga mo‘ljallangan asosiy masalalari ham belgilab olingan.

Shu asosda Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi olimlari va yetakchi mutaxassilari tomonidan inson salomatligi va jamiyat rivojiga salbiy ta’sir etuvchi bunday kasalliklarning oldini olish va bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

So‘nggi ikki yil ichida hududlarda endokrinologiya sohasini komleks rivojlantirish, moddiy-texnik bazasini mutahkamlash, tibbiy yordam sifatini oshirish borasida olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida viloyatlardan poytaxtimizga kelib murojaat qiluvchilar qariyb 3 barobarga qisqardi. Ayni paytda yurtimizda bo‘ylab 650 nafardan ziyod endokrinolog shifokorlar samarali faoliyat yuritishayapti.

E’tiborli jihati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 25 oktyabrdagi tegishli buyrug‘iga asosan, pilot viloyatlarda 45 yoshdan oshgan axoli orasida qandli diabet skriningi o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari, qandli diabetning surunkali asoratlarini kamaytirish, ularni yuzaga kelishini kechiktirishga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan onlayn registr ishlab chiqilmoqda.

Endokrin kasalliklarni erta tashxislash va davolash monitoringini o‘tkazish uchun barcha viloyat endokrinologik dispanserlarini o‘z vaqtida, uzluksiz ravishda zarur reaktivlar, xususan, glikirlangan gemoglobin va qalqonsimon bez gormonlari reaktivlari bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yildi. Har bir viloyat endokrin dispanserida o‘z-o‘zini nazorat qilish maktablarida endokrin kasalliklari bor bemorlar va ularning oila a’zolari professional instruktor tomonidan o‘qitilmoqda.

Matbuot anjumanida aytib o‘tilganidek, sohada olib borilayotgan islohotlar natijada aholiga ixtisoslashtirilgan endokrinologik tibbiy xizmat ko‘rstashda yetakchi chet el davlatlarining endokrinologiya sohasida erishilgan yutuqlarni amaliyotda joriy etish, bemorlarga ixtisoslashtirilgan yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini yaratadi.

Поделиться