O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ichki ishlar vazirligida yarim yillik natijalar muhokama etildi

2019-08-08 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida joriy yilning 1-yarmi yakuniga bag‘ishlangan navbatdagi Hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda birinchi yarim yillikda ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi tezkor-xizmat faoliyati natijalari hamda kelgusidagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Yig‘ilishda Ichki ishlar vaziri, general-leytenant P.Bobojonov so‘zga chiqib, jinoyatchilikni jilovlash va aholi osoyishtaligini ta’minlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilganligi natijasida o‘tgan yarim yilda respublika bo‘yicha umumiy jinoyatchilik 32,1 foizga kamayganini qayd etdi.

 

Erishilgan ijobiy natijalar bilan birga, ayrim hududiy ichki ishlar organlari tomonidan jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligiga e’tibor qaratdi. Mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarni aniqlab, ular bilan ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan mutasaddi xodimlarga aniq topshiriqlar berdi.

Shuningdek, yig‘ilishda Ichki ishlar vazirining o‘rinbosarlari tomonidan shu yilning ikkinchi choragi mobaynida hududiy ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish natijalari bo‘yicha hisobotlari tinglandi. Unda ba’zi hududiy ichki ishlar organlarida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqid qilinib, kelgusida ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Kun tartibiga qo‘yilgan keyingi masalada ichki ishlar organlari xodimlari xizmat intizomiga qat’iy amal qilgan holda xalq manfaatlari ustuvorligini ta’minlash va fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida va sifatli javob qaytarish kerakligi, shuningdek har bir rahbar xodim o‘z vazifasiga yanada mas’uliyat bilan qarab, faoliyatini tanqidiy ko‘z bilan baholashi kerakligi alohida qayd etildi.

Yig‘ilishda, yaqinlashib kelayotgan Muborak Qurbon hayitini va  O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 28 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va ushbu bayramlarni o‘tkazish davrida respublika hududida jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi vazifalar xususida ham so‘z bordi. Unda bayram tadbirlari o‘tkazilayotgan hududlarda, jamoat joylarida, tashkilot va korxonalarda turli ko‘ngilsizliklarni oldini olish maqsadida mutasaddi rahbarlarga barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlari yuzasidan topshiriqlar berildi.

Tanqidiy-tahliliy tarzda o‘tkazilgan hay’at majlisi yakunida Ichki ishlar vazirligi tomonidan ikkinchi yarim yillikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Поделиться