O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga yangi imkoniyatlar va sharoitlar yaratildi
2019-08-08 | Jamiyat
Payariq shahridagi Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Bugungi kunda mutlaqo yangicha ko‘rinish kasb etgan ushbu majmuaning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda tuman hokimligi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Markazning yangi binosi zamonaviy ofis mebel va jihozlari hamda kompyuter texnikalari bilan ta’minlandi. Barcha qulayliklarga ega ushbu markazda aholi uchun ham markaz xodimlari uchun ham zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, zamonaviy ofis mebel jihozlari hamda kompyuter texnikalari bilan ta’minlangan.
110 mingdan ziyod aholiga xizmat ko‘rsatuvchi mazkur markaz binosi qurilishini “U.Sh.Sabina” MChJ quruvchilari olib borib, qurilish-tiklash ishlari uchun 1 mlrd so‘m mablag‘ sarflandi.