O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Umumiy sifat boshqaruvi: hukumat faoliyatini takomillashtirish

2019-08-07 | Jamiyat

Joriy yilning 5-6 avgust kunlari Adliya vazirligi tomonidan “Umumiy sifat boshqaruvi: hukumat faoliyatini takomillashtirish” mavzusida trening tashkil etildi.

Unda mamlakat vazirlik va idoralarining qirqqa yaqin vakillari qatnashdi. Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan ekspert sifatida Birlashgan Arab Amirliklari Vazirlar Mahkamasi va kelajak ishlari bo‘yicha vazirligi Sheyx Xalifa hukumatining takomillashtirish dasturi direktori Marvan Al-Zaabi taklif qilindi.

Trening maqsadi davlat organlari vakillarining faoliyati samaradorligini oshirish sohasida ularning malakasini oshirish hisoblanadi.           

Mazkur ikki kunlik trening davomida Birlashgan Arab Amirliklarning Hukumat ishlari va kelajak vazirligining vakili janob Marvan Al-Zaabi tomonidan O‘zbekiston Hukumatining faoliyati samaradorligi va salohiyatini oshirishda amirliklarning tajribasini qo‘llash bo‘yicha o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi. 

Ta’kidlash joizki, Birlashgan Arab Amirliklarning Hukumat ishlari va kelajak vazirligi federal hukumat sektorining samaradorligi va davlat xizmatlari sifatini oshirish, innovatsiyalarni joriy qilish va mavjud tizimni takomillashtirish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Xususan, Al-Zaabi mamlakatimizning vazirlik va idoralaridan qatnashgan qirqqa yaqin vakillariga umumiy sifat boshqaruvi: hukumat faoliyatini takomillashtirishda jarayon va xizmatlar hamda uning ahamiyati haqida ma’lumotlar berdi.

BAAda jarayon samaradorligini o‘lchashning 9 usuli mavjud ekanligi hamda mazkur 9 usul davlat boshqaruvida bo‘lishi jarayon samaradorligini oshirilishiga xizmat qilishi ta’kidlandi. Jarayonning samaradorligini oshirilishi mijozning hamda yetkazib beruvchining talablariga, belgilangan narhga, vaqt rejimiga hamda boshqalarga bog‘liqligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, treningda BAAda foydalaniladigan yetti yulduz xizmati haqida ma’lumot berildi.

Unga ko‘ra yetti yulduz xizmati quyidagilar orqali amalga oshiriladi: 
1. Mijozning tajribasi;

2. Ko‘p kannallar (tarmoqlar);

3. Xizmat integratsiyasi;

4. Xizmat madaniyati;

5. Xizmat samaradorligi;

6. Davlat boshqaruvi;

7. Innovatsiya.

Bundan tashqari, treningda ishtirok etganlarga al-Zaabi tomonidan davlat boshqaruvini amalga oshirishda strategik rejalar qabul qilish va amalga oshirish bo‘yicha taqdimotini namoyish etdi. Bunda harakat, reja, tekshirish va bajarish sifat-deming siklning asosiy elementlari hisoblanadi.

Janob Marvan Abdulla Al-Zaabi taqdimotida tashkilotni o‘zini his qilish, har bir xodim tashkilotning vakolatini tushunganligiga ishonch hosil qilish, asosiy manfaatdor tomonlar kimligini bilish, tashkilotga to‘liq ekotizim sifatida qarash, hujjatlar, samaradorlik ahamiyatini tushunish hamda rahbariyatni qullab-quvvatlash davlat boshqaruvida asosiy o‘rin tutishini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir davomida jarayonni amalga oshirish va uning samaradorligini oshirishda 9 usulning ahamiyati, shuningdek, tadbirda ishtirok etganlar o‘zlarining faoliyatida strategik rejalar qabul qilish va amalga oshirish mexanizmi bo‘yicha trening ishtirokchilari o‘rtasida guruhlarga bo‘lingan holda o‘quv mashg‘ulotlari ham bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tajriba almashinuv kelgusida Hukumat va uning tarkibiga kiruvchi davlat organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qilib, ushbu yo‘nalishdagi mutaxassislar malakasini oshirishda ahamiyatlidir.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 iyundagi farmoyishi bilan tasdiqlangan Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning “Davlat boshqaruvi samaradorligi” bo‘limining 2-bandiga muvofiq, 2019 yil iyul-noyabr oylarida davlat boshqaruvi samaradorligi sohasida davlat organlari vakillarining malakalarini oshirish bo‘yicha treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ta’kidlash joizki, joriy yilning mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi samarali o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsion, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa sohalardagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, 10 milliard dollardan ortiq o‘zaro manfaatli ikki tomonlama hujjatlar va investitsiya shartnomalari imzolandi.

Поделиться