O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mamlakatimiz soliq tizimi xodimlari soliq maʼmuriyatchiligi boʻyicha Turkiya tajribasini oʻrgandilar

2019-08-07 | Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalarining bir guruh xodimlari soliq maʼmuriyatchiligi boʻyicha tajriba almashish maqsadida Turkiyaga tashrif buyurdilar. Safar davomida soliq tizimi xodimlari turkiyalik hamkasblari bilan koʻplab yoʻnalishlar boʻyicha oʻzaro tajriba almashdilar.

– Delegatsiyamizning ushbu tashrifi ikki davlat idoralari oʻrtasidagi yaqin va samarali hamkorlikning mantiqiy davomi boʻlib, Oʻzbekistondagi soliq islohotlarining dastlabki bosqichidayoq oʻz natijasini bera boshladi, – deydi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi kotibiyat mudiri Xolboʻta ISMATOV. – Turkiya soliq maʼmuriyatchiligi tajribasi haqiqatan ham diqqatga sazovor. Zero, Turkiya soliq maʼmuriyatchiligini avtomatlashtirish va soliq yigʻimlari koʻrsatkichlari boʻyicha eng yuqori natijalarni qayd etayotgan davlatlardan biri.
 
Mutaxassislarimiz ushbu mamlakat soliq organlarining tarkibiy tuzilmasi va vazifalari bilan tanishdilar. Turkiyalik mutaxassislar tomonidan bir vaqtning oʻzida 66 ta mezon boʻyicha qayta ishlash va soliq toʻlovchilarni toifalash imkonini beruvchi “Risk-tahlili” dasturiy mahsulining taqdimoti oʻtkazildi.
 
Daromadlar boshqarmasi xodimlari oʻzbekistonlik hamkasblariga mahsulotlarining haqiqiy narxini yashirish orqali qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan qochish holatlarining oldini olish mexanizmlari xususida soʻzlab berdilar.
 
Ommaviy tadbirlar tashkilotchilari faoliyatiga oid tajriba ham delegatsiyamiz aʼzolarida qiziqish uygʻotdi. Turkiyada “Ye-chipta” elektron chiptalar modulidan foydalanishga oʻtilgan, yaʼni chiptalar elektron koʻrinishda xarid qilinishi tufayli soliq organlariga maʼlumotlar real vaqt rejimida taqdim etib boriladi.
 
Bundan tashqari, savdo maydonchalari maxsus sayt orqali soliq idoralariga elektron tijorat asosida (yiliga 90 mln. tranzaksiyalar) amalga oshirilgan har bir amaliyot toʻgʻrisida maʼlumot berib boradi.

Поделиться