O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kuniga o‘n ming qadam yursangiz, xastalik sizdan shuncha qadam ortda qoladi

2019-08-06 | Sog‘liqni saqlash

So‘nggi yillarda aholi salomatligini muhofaza qilishda asosiy e’tibor kasalliklar bilan kurashishga emas, aholining tibbiy va sanitar-gigiyenik madaniyati darajasini oshirish hamda tizimli profilaktikaga qaratilmoqda. Bunda jismoniy faollik, to‘g‘ri ovqatlanish hamda zararli odatlarni tark etish muhim o‘rin tutadi. 

Shundan kelib chiqqan holda mamlakatimizda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar hamda ularning xavf omillarining oldini olish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu yilning 3 avgust, shunba kuni mamlakatimiz bo‘ylab aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida ommaviy salomatlik tadbirlarining navbatdagisi “Sport - sog‘lom hayot kechirishning asosi” shiori ostida har bir tibbiyot muassasasi hududi va hiyobonlarda aholi ishtirokida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Jumladan, poytaxtimizning Mirobod tumanida joylashgan “Mehrjon” bog‘ida ham 5 kilometrga faol yurish va gimnastika mashg‘ulotlari amalga oshirildi. 

Muntazam jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish inson salomatligiga ijobiy ta’sir qilishi hammamizga kundek ravshan. Chunki tananing kunlik jismoniy faoliyatga ehtiyoji bor va u qondirilishi zarur. Negaki, kamharakat turmush tarzi ko‘plab va surunkali kasalliklarning manbaiga aylanmoqda. Oddiy semirishdan tortib, to qandli diabet, yurak va qon tomir, bo‘g‘imlar, astma kabi xastaliklar harakatsizligimiz oqibatida paydo bo‘lish ehtimoli katta. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan kamharakatlilik oqibatida kelib chiqayotgan ko‘plab kasalliklarning oldini olishda jismoniy faollik, jumladan, kuniga 10000 qadam yurish tavsiya etilmoqda. Buni amalga oshirishda zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanishingiz mumkin. Mobil telefonidagi ilova yoki fitnes soati qadamingizni beminnat hisoblab beradi. Bu esa bizning yurishga, faollikka bo‘lgan qiziqishimizni yanada oshirishga xizmat qiladi. Agar siz fitness soatingizning dastur menyusiga qarasangiz ham, kuniga 8000-10000 qadam tashlash bo‘yicha tavsiyalarni ko‘rasiz. 

E’tiborli jihati, yurish barcha sport turlari orasida eng osoni va qulayidir. Buning uchun juda ko‘p energiya sarflashning hojati yo‘q, ijobiy ta’siri esa juda yuqori. Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, haftada atigi 2,5 soatlik jismoniy faollik erta o‘lim holatlarini 28 foizga, yurak kasalliklarini ehtimolini esa 20 foizga kamaytirar ekan. Ya’ni, haftada kamida 150 daqiqa jismoniy faol bo‘lgan insonlar kamroq harakatlanadiganlarga qaraganda sog‘lomroq ekan. Gimnastika mashqlari ham salomatlik uchun foydali bo‘lib, uning natijasida, mushak tizimini mustahkamlanadi, bo‘g‘imlar harakati yaxshilanadi. Bundan tashqari, kuch, tezlik, chidamlilikni tarbiyalaydi. Sog‘lomlashtiruvchi ta’sir kuchiga ega mashqlar tufayli qomatning tik va to‘g‘ri rivojlanishi ta’minlanadi. 

Unutmaylik, sog‘lom turmush tarzi, jumladan, yurish va gimkanistka kabi yengil jismoniy mashqlar holsizlik, uyquning buzilishi, diqqat-e’tiborni jamlay olmaslik, xotiraning pasayishi, sababsiz charchash hissi, semizlik kabi salbiy holatlarning oldini oladi, salomatlikni mustahkamlaydi, kasalliklardan muhofaza qiladi hamda umrni uzaytiradi. Buning uchun ko‘p narsa talab etilmaydi. Shunchaki, jismoniy faollikni kundalik odatga aylantirsangiz kifoya.

Поделиться