O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

XII “Sharqtaronalari” xalqaromusiqa festivalida ishtirok etuvchi davlatlar, musiqiy jamoalar haqida

2019-08-05 | Madaniyat

Xabaringiz bor joriy yilning 26-30 avgust kunlari Samarqand shahrida “Sharq taronalari” o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivali o‘tkaziladi. Xalqaro musiqa festivalining bu yilgi dasturida o‘rin olgan bir qancha yangiliklar xususida xabar bergan edik. 

“Sharq taronalari” o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivaliga bu yil 33 davlat vakillaridan iborat 29 musiqiy jamoa, jami 146 nafar xonanda va sozandalar ishtirok etadi.

Ishtirokchi davlatlar va musiqiy jamoalar: Sandra Rehder (Argentina), Haft goh (Afg‘oniston), Henhouse Provlers (AQSh), Romengo (Vengriya), Viguyela (Ispaniya), Eulssu folksong art company (Koreya Respublikasi), BALTI (Latviya), Heritage Ensemble For Arab Music-Cairo Opera House (Misr), Hatan (Mo‘g‘uliston), Aye Su Kyav(Myanma), Parviz Gasimov (Ozarbayjon), Luz Katharine (Peru),Akbar Hamisu Han(Pokiston), Miguyel Bandeirinha (Portugaliya/Braziliya), Ayarxaan (Rossiya), Santo De Mi Tiyerra(Salvador), yIN Harmony(Singapur), Badakhshan (Tojikiston), Archabil (Turkmaniston), Yuye-KilnCeramic music (Xitoy), Duyet(Fiji orollari), RUUT(Estoniya), HarayLadies Folklore Music Group (Eron), Duet komuzistov(Qirg‘izston), Babalar sazы(Qozog‘iston), Debapriya & Samanvaya(Hindiston) va hokazolar. Ular orasida Argentina, Myanma, Fiji orollari davlatlari vakillari festivalda birinchi marotaba ishtirok etmoqda.

Shuningdek festivalda “Ugarit Band” (Germaniya, Gretsiya, Suriya), hamda “Mundus Trio” (Gollandiya, Iroq, Turkiya) kabi xalqaro jamoalar ham ishtirok etadi. 

Поделиться