O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Vazirliklarga yangi savollarim bor” oʻqituvchining vazirliklar bilan bahsi davom etadi” nomli maqolada yuzasidan XTV munosabati

2019-08-05 | Ta’lim

Maqolada keltirilgan Adliya vazirligida 2018-yil 20-avgust kuni 3058-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Xalq taʼlimi vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qoʻshma qarori umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibini belgilaydi va mehnatga haq toʻlash shartlari va miqdorlarini mazkur qarorda belgilanmagan.

Umumtaʼlim muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan oʻqituvchilar mehnatiga soatbay haq toʻlash esa Adliya vazirligida 2019-yil 22-aprel kuni 3157-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga muvofiq tartibga solinadi.

Shuningdek, yuqoridagi maqolada keltirilgan oʻqituvchilarga 2018-yil dekabr va 2019-yil aprel oylarida toʻlab berilgan ish haqlari oʻrnatilgan tartibda oʻrganib chiqildi va joylarda haqiqatda oʻqituvchilar mehnatiga soatbay haq toʻlashda va hisob-kitob qilishda tushunmovchiliklar borligi va oʻtgan davr (2018-noyabr oyidan 2019-yil aprel oyigacha) xodimlarning ish haqi toʻliq qayta hisob-kitob qilinmaganligi maʼlum boʻldi.

Yuzaga kelgan muammoni bartaraf etish maqsadida Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda umumtaʼlim muassasalarining oʻqituvchilari mehnatiga soatbay ish haqini hisoblash hamda uni toʻlash boʻyicha 2019-yil 31-iyuldagi 05/12-01-32/2842, 02-03/1-1790-sonli koʻrsatma xati tayyorlanib, barcha hududiy xalq taʼlimi va moliya boshqarmalari va boʻlimlariga yuborildi (ilova qilinadi).

Shuningdek, koʻrsatma xatida Adliya vazirligida 2019-yil 22-aprel kuni 3157-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga asosan oʻqituvchilarning tegishli davrlardagi bazaviy tarif stavkalaridan kelib chiqib, 2018-yil 1-noyabr sanasidan qayta hisob-kitoblar qilinib (ilgari qilinmagan boʻlsa), oʻqituvchilarga tegishli ish haqlarini toʻlashni toʻliq amalga oshirilishini taʼminlash soʻralgan.

Shu bilan birga, “UzASBO” dasturiy majmuasida avvalgi oylar uchun qayta hisob-kitob (pereraschet) qay tarzda amalga oshirilishi 
bosqichma-bosqich va aniq koʻrsatib oʻtilgan.

Xalq taʼlimi vazirligi ushbu muammoni oʻz vaqtida koʻtarganligi uchun bloger I.Tillaboyevga minnatdorchilik bildiradi va kelgusida ham umumiy oʻrta taʼlim sohasini rivojlantirish boʻyicha masalalarni muhokama qilish va yechimini topish yuzasidan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini maʼlum qiladi.

Поделиться