O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Alabino”da o‘zbekistonlik harbiylar o‘zlariga biriktirilgan tanklarni sinovdan o‘tkazdi

2019-08-02 | Jamiyat

Beshinchi bor o‘tkazilayotgan xalqaro armiya o‘yinlarining “Tank biatloni” yo‘nalishi bo‘yicha ilk bor ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar o‘zlariga biriktirilgan T-72 B-3 tanklarida jangovar rostlash amaliyotini bajardi.

Hamyurtlarimiz mazkur musobaqaning ikkinchi guruhidan joy olgan bo‘lib, jami 12 jamoaga qarshi kurashadi.

Moskva viloyatida joylashgan “Alabino” dala-o‘quv maydoni bugun tanklarning nishon tomon otilgan snaryad o‘qlari ovoziga to‘ldi. Hamyurtlarimiz o‘zlariga biriktirilgan jangovar texnikalarning “tili”ni topish, ularni me’yoriy holatga keltirish va nishonlarni yo‘q qilish borasida o‘zlarining mahoratlarini ko‘rsatishdi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning tantanali ochilish marosimi 3 avgust kuniga belgilangan bo‘lib, hamyurtlarimiz ishtirokidagi bahslar 4-, 6-, va 8-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Поделиться