O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“O‘zstandart” agentligi: xalqaro standartlarni joriy etish – davr talabi
2019-07-31 | Jamiyat
“O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlar instituti O‘zbekiston milliy matbuot markazi bilan hamkorlikda “Xalqaro standartlarni qabul qilish va uni sohalarga keng joriy etishning dolzarbligi” mavzusida jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etdi.
Uchrashuv davomida Standartlar instituti o‘z faoliyatida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakalarini oshirish bo‘yicha ishlari yuzasidan ma’lumot berildi.
Shu o‘rinda raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, joriy yilning shu kuniga qadar, 1214 ta yangi standartlar qabul qilingan bo‘lsa, ularning 1173 tasi xalqaro standartlarni tashkil etadi.
Shuningdek, mahalliy sanoat korxonalarida Amerika Qo‘shma Shtatlarining ASTM tashkilotining 12 mingdan ziyod standartlaridan foydalanishiga imkoniyat yaratilganligi, milliy mahsulotlarimizning sifatini oshirishga va eng muhimi Jahon bozorlarida raqobatbardoshligini ta’minlashga imkoniyat yaratadi.
Matbuot anjumani yakunida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.