Xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun Mudofaa vazirligining “Forish” tog‘ poligoniga kelgan xorijlik harbiy delegatsiya vakillari Samarqand shahrini ziyorat qilishdi.
Angola, Zimbabve, Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Myanma hamda Vetnamdan kelgan mehmonlar dastlab Registon ansamblidan o‘rin olgan me’moriy majmualar bilan tanishishdi. Shundan so‘ng ular Shohi Zinda majmuasi hamda Bibixonim madrasasini ziyorat qildilar.
Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va Go‘ri Amir maqbaralarida bo‘lgan mehmonlar hayratda qolishdi.
Sayohat yakunida tanovul qilingan samarqandcha palov mazasi mehmonlarda unutilmas taassurot qoldirdi.