Dogʻiston Respublikasining Kaspiysk shahrida boks boʻyicha Magomed-Salam Umaxanov xotirasiga bagʻishlangan XXI xalqaro musobaqani vakillarimiz muvaffaqiyatli boshladi.
Dastlabki kunda vazni 56 kilogrammgacha boʻlgan bokschimiz Olim Husanbayev hindistonlik Gaurav Solankiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. 64 kilogrammgacha vaznda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Jahongir Rasulov gretsiyalik Stavros Xajigeorgiadisni yirik hisobda yengdi.
Shuningdek, Akmurad Gʻafforov rossiyalik Zuber Yakubovni, Saidjamshid Jafarov turkmanistonlik Togurbek Pazziyevni, Shohruxbek Rustamov esa rossiyalik Vladimir Mironchikovni magʻlubiyatga uchratdi
64 kilogrammgacha vazn toifasida hamyurtimiz Boburmirzo Tolibov magʻlubiyatga uchradi.
Javohir TOSHXOʻJAYEV, OʻzA