O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankiishtirokida “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida

2019-07-31 | Hujjatlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Shahar infratuzilmasini boshqarish samaradorligini oshirish va kompleks takomillashtirish, oʻrta shaharlar aholisi uchun servis xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini taʼminlash, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga zamonaviy texnik, moliyaviy va boshqaruv vositalarini joriy etish orqali ularning salohiyatini kuchaytirish maqsadida:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:

2018-yil 18-dekabrda Jahon bankining Direktorlar kengashi tomonidan “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” dastlabki loyihasini (keyingi oʻrinlarda – loyiha) amalga oshirish uchun Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining(keyingi oʻrinlarda – XTTB) 100 millionAQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasiga taqdim etish maʼqullangan;

loyiha doirasidagi tajriba-sinov shaharlari sifatidaYangiyoʻl (Toshkent viloyati), Kogon(Buxoro viloyati) va Chortoq(Namangan viloyati) belgilangan.

2. Quyidagilar loyihani moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

XTTBning 5 yillik imtiyozli davrni qoʻshib hisoblaganda qaytarish muddati 30 yil boʻlgan 100 million AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlari;

Oʻzbekiston Respublikasining soliq va bojxona imtiyozlaridan, shuningdek, koʻchib oʻtish boʻyicha xarajatlarni qoplashdan iborat ekvivalenti 24,12 million AQSH dollari miqdoridagi hissasi.

3. Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishi, shuningdek, XTTB qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;

loyihani amalga oshirishni umumiy muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi tomonidan amalga oshiriladi;

loyihani amalga oshirish doirasida XTTB qarz mablagʻini soʻndirish, shuningdek, foizlar, vositachilik haqi va boshqa chiqimlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti va tegishli viloyatlarning mahalliy byudjetlari mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.

4. Quyidagilar:

“Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;

“Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish uchun jalb etilgan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarz mablagʻlari boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz grafigi 2-ilovaga muvofiq;

2019-2021 yillarda “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishchi komissiya(keyingi oʻrinlarda – Ishchi komissiya) 4-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin va uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:

loyihani samarali amalga oshirish, “Yoʻl xaritasi”da koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni jadal ishlab chiqish va obyektlarni tezkorlik bilan ishga tushirishni taʼminlash;

loyiha doirasidagi loyihalarning sifatli saralab olinishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va oʻz vaqtida amalga oshirishga tayyorlanishini taʼminlash, ajratilayotgan mablagʻlardan samarali foydalanish ustidan nazorat qilish;

har bir loyiha va umuman butun loyihaning amalga oshirilishini muntazam koʻrib chiqish va zarur hollarda, ularni samarali va oʻz vaqtida amalga oshirishni taʼminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;

 

joylarga chiqqan holda, loyiha doirasidagi ishlarning oʻz vaqtida
va sifatli bajarilishi boʻyicha shaxsiy nazoratni taʼminlash va zarur choralar koʻrish.

 

6. Loyihani amalga oshirish davrida quyidagilar:

belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlarga muvofiq olib kiriladigan tovarlar (xarid qilinadigan ishlar, xizmatlar) va transport vositalari, jihozlar, texnologiyalar va materiallar – bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari), shu jumladan, ular “vaqtinchalik chetdan olib kelish” bojxona rejimida rasmiylashtirilganda – davriy bojxona toʻlovlaridan, shuningdek, avtotransport yigʻimlaridan;

Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari-norezidentlari – yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlashdan;

Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy shaxslari-norezidentlari – jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashdan ozod etilsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi loyihani amalga oshirishni samarali tashkil etish uchun:

Toshkent shahrida loyihani amalga oshirish boʻyicha bosh guruhni, shuningdek, tajriba-sinov shaharlarida loyihani amalga oshirish boʻyicha hududiy guruhlarni tashkil etsin;

Jahon bankining ijtimoiy va ekologik himoyalash tamoyillarini hisobga olgan holda, loyiha komponentlarini amalga oshirish va moliyalashtirish jadvalida ehtimoliy oʻzgarishlar yuz berishi munosabati bilan ishlarni tashkil etishda hadli yondashuvni taʼminlasin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

bir hafta muddatda belgilangan tartibda loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tasdiqlasin, shuningdek, kelgusida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining asoslantirilgan takliflariga koʻra unga zarur tuzatishlar kiritsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-iyuldagi “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–3857-son qaroriga muvofiq loyihani amalga oshirishning samarali monitoringini taʼminlasin va qonunchilik talablarini buzganligi uchun mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini koʻrsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi:

loyihaning toʻla-toʻkis va oʻz vaqtida amalga oshirilishi, shuningdek, loyiha doirasida ajratiladigan moliyaviy mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan tizimli monitoring oʻrnatsin;

har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga loyihaning amalga oshirilishi toʻgʻrisida axborot kiritsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyihani amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlari davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini, shuningdek, qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati ustidan lozim darajada davlat arxitektura-qurilish nazorati oʻrnatilishini taʼminlasin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berishni (uzaytirishni), shuningdek, mazkur xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun tasdiqnomalar berishni (uzaytirishni) taʼminlasin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi belgilangan tartibda tegishli loyiha hujjatlarining davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishini va loyihani amalga oshirish doirasida tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati oʻrnatilishini taʼminlasin.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi va Jahon banki oʻrtasidagi qarz bitimi boʻyicha tegishli yuridik xulosa bersin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi belgilangan tartibda tegishli loyiha hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilishini va loyihani amalga oshirish doirasida madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati oʻrnatilishini taʼminlasin.

15. Toshkent, Buxoro va Namangan viloyatlari, Yangiyoʻl, Kogon shaharlari va Chortoq tumani hokimliklari loyihani toʻla-toʻkis amalga oshirish uchun barcha zarur hujjatlar sifatli ishlab chiqilishi va loyihani amalga oshirish guruhlariga oʻz vaqtida kiritilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.

16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J.Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M.Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi R.A.Gʻulomov zimmasiga yuklansin.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                                              Sh.MIRZIYOYEV

Поделиться