O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston va Belarus Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazlari oʻrtasida hamkorlik dasturi imzolandi

2019-07-30 | Jamiyat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi arafasida Minskda Oʻzbekiston – Belarus hududlararo forumi oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmatining OʻzAga malum qilishicha, forumda Oʻzbekiston – Belarus Qishloq xoʻjaligi vazirliklari huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazlari tomonidan 2019-2020-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi imzolangan.
 
Soʻnggi yillarda ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalar jadal rivojlanib bormoqda. Oʻtgan yil yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi tovar aylanmasi 20 foizga ortgan. Hududlararo hamkorlikning yaxshi yoʻlga qoʻyilgani sohada bu kabi natijalarga erishishda muhim omil boʻlayotgani alohida taʼkidlandi.
 
Forum oʻz ishini uchta seksiyaga boʻlingan holda olib bormoqda. Jumladan, sanoat kooperatsiyasi sohasidagi oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish, agrosanoat kompleksi, oziq-ovqat sanoati va xavfsizligiga oid hamkorlik istiqbollari kabi masalalar muhokama qilinmoqda.
 
Yakunda ikki tomon oʻrtasida qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Поделиться