O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining tabrik maktubi
2019-07-26 | Siyosat
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining
Tashqi ishlar va Hamjamiyat ishlari Davlat kotibi
Dominik Raab janobi oliylariga
Janobi oliylari,
Sizni Tashqi ishlar va Hamjamiyat ishlari Davlat kotibi lavozimiga tayinlanganingiz bilan tabriklashdan bag‘oyat mamnunman.
Biz Sizni Buyuk Britaniyaning global roli va xalqaro nufuzini mustahkamlashga xizmat qilayotgan atoqli siyosatchi deb bilamiz.
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi O‘zbekistonning Yevropadagi asosiy sheriklaridan biri hisoblanadi. Ishonchim komilki, bizning birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Fursatdan foydalanib, Siz janobi oliylariga o‘zimning eng ezgu tilaklarimni va yuksak hurmatimni izhor etaman.
Samimiyat bilan,
Abdulaziz Kamilov,
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri