O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hindiston Elchisi bilan uchrashuv

2019-07-26 | Siyosat

2019-yilning 26-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Santosh Jani qabul qildi.

Ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, Vazir do‘st Hindiston Elchisini yuqori va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va unga samarali faoliyat tiladi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Hindiston munosabatlarining dolzarb kun tartibi muhokama qilindi. O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil Hindistonga davlat tashrifi va joriy yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan “Jo‘shqin Gujarat” sammitidagi ishtiroki ikki tomonlama hamkorlikning muhim voqeasi bo‘lgani ta’kidlandi.

Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston-Hindiston hamkorlik institutlarining bo‘lajak majlislari va boshqa qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

 

Zafar Yuldashkulov olgan surat

Поделиться