O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Irlandiya Hukumatining maxsus vakili bilan uchrashuv

2019-07-23 | Siyosat

2019-yilning 23-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov BMT Xavfsizlik Kengashining Muvaqqat a’zoligiga Irlandiyani saylash uchun mamlakat nomzodini ilgari surish bo‘yicha Hukumatning maxsus vakili Devid Dnohyu bilan uchrashdi.

Suhbat davomida ikki tomon kun tartibi hamda mamlakatlarimizning xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorligiga doir keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Irlandiyaning dolzarb xalqaro muammolarning aksariyati bo‘yicha o‘xshash mavqega egaligi hamda tomonlarning fikricha, bu o‘xshashlik o‘zaro manfaat kasb etadigan barcha sohalarda munosabatlarni jadallashtirish uchun yaxshi asos ekanligi ta’kidlandi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston – Irlandiya hamkorligini faollashtirish bo‘yicha aniq takliflar ko‘rib chiqildi. Xususan, muntazam vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazishning muhimligi qayd etildi. Mazkur tadbirlar ikki tomon aloqalarining holatini tahlil qilish va ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini belgilash, asosiy xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashish imkonini beradi.

“O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” shaklidagi hamkorlikning istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.

Muzokalar doirasida Irlandiya tomoni kelasi yil bahorida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Xalqaro investitsiya forumiga, joriy yilning avgust oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga hamda sentabr oyida Qo‘qon shahri mezbonlik qiladigan Xalqaro hunarmandchilik festivaliga taklif qilindi.

Anvar Ilyosov olgan surat

Поделиться