O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Oʻzbekiston sivilizatsiyalar chorrahasida”: Toʻrt shaharda madaniy meros haftaligi oʻtkaziladi

2019-07-22 | Turizm

22-26-avgust kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan, Oʻzbekiston Milliy Elektron ommaviy axborot vositalari boshqaruvi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi qo’llab-quvvatlashi ostida Oʻzbekistonning toʻrt shahrida Madaniyat va sanʼat haftaligi doirasida 40 yillik tadqiqotlarning sensatsion natijalariga bagʻishlangan “Oʻzbekiston sivilizatsiyalar chorrahasida” nomli forumi boʻlib oʻtadi.    

Tadbirlar Toshkent, Termiz, Samarqand va Buxoro shaharlarida o’tkazilishi ko’zda tutilgan.

22-iyul kuni Toshkentda Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov, Oʻzbekiston Milliy Elektron ommaviy axborot vositalari boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov hamda akademik Eduard Rtveladze ishtirokida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida shu haqida maʼlum qilindi. Akademik Eduard Rtveladze boshchiligidagi oʻzbekistonlik tadqiqotchilar maʼlumotlariga koʻra, qadimgi Aleksandriya Oks hozirgi Kampirtepa shahri oʻrnida joylashgan.

Koʻp yillar davomida ilmiy doiralar Oks Aleksandriya qayerda (Qadimiy Termiz, Ay-Xonim yoki Kampirtepa) joylashganiga doir bahslarni olib borishgan. Madaniy meros haftaligi doirasidagi forumda ilmiy hamjamiyat, OAV vakillariga qadim yunon tarixchisi va geografi Ptolemey qoʻlyozmalarida yodga olingan va Markaziy Osiyo ellin madaniyatining noyob yodgorligi hisoblangan Oks Aleksandriyaning Kampirtepada joylashganiga oid dalillar taqdim etilishi kutilmoqda.

Arxeolog olimlar tomonidan tahlil qilingan maʼlumotlar uch shahardan faqat Kampirtepadagina ishonchli dalillar topilganini koʻrsatmoqda. “Ushbu yangilik davlat darajasida tan olinib, Oks Aleksandriya joylashgan joylar obod qilinsa, bu Oʻzbekiston aholisi va xorijiy sayyohlarning tarixga va madaniy merosiga boʻlgan qiziqishini yanada oshiradi. Hukumat tomonidan bunga doir alohida dastur ishlab chiqiladi, akademik Rtveladze tavsiyasiga muvofiq bu joyni yanada ommalashtirish va uni kelgusi avlodga yetkazish choralari koʻriladi”, - dedi Bosh vazir oʻrinbosari.

Taʼkidlash joizki, tadbirga YUNESKO bosh direktori Odri Ozule va Tashkilot ekspertlari, olimlar va tadqiqotchilar tashrif buyurishadi hamda moddiy va nomoddiy madaniy merosni saqlash, dolzarb muammolar va ularning yechimlariga bagʻishlangan konferensiyada ishtirok etishadi. Ushbu tadbir madaniy meros obyektlarini saqlashga boʻlgan yondashuvda katta ahamiyat kasb etadi.  

Поделиться