O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rossiya Elchisi bilan uchrashuv
2019-07-18 | Siyosat
2019-yilning 17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenev bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston – Rossiya kun tartibining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda ikki mamlakat parlament palatalari rahbarlari ishtirokidagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik masalalari va turli darajadagi uchrashuvlar sanalariga alohida e’tibor qaratildi.