O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xitoy Muvaqqat ishlar vakili bilan uchrashuv
2019-07-18 | Siyosat
2019-yilning 17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Xitoy Xalq Respublikasi Muvaqqat ishlar vakili Chjan Venchuan bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida davlatlararo munosabatlarning dolzarb masalalari va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlarning ikki tomonlama asosdagi hamda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro manfaatli O‘zbekiston – Xitoy hamkorligiga sodiqligi tasdiqlandi.