O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekistonda Axborot Texnologiyalari sohasidagi dastlabki Texnologik Parkning ochilishiga oz fursat qoldi
2019-07-17 | Texnologiyalar
17-iyul kuni soat 11:00 da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida Oʻzbekistonda axborot texnologiyalari sohasida dastlabki Texnologik park – AT Parkning ochilishiga bagʻishlangan birinchi matbuout anjmani boʻlib oʻtdi.
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki bu – istiqbolli startap loyihalarni yoʻlga qoʻyish va ularni bozorga olib chiqish yoʻlida ilmiy va ilmiy-taʼlim muassasalari bilan integratsiyalashuv orqali amalga oshirishga moʻljllangan bino, inshootlar, shuningdek, uskunlar majmuidir. AT Parki faol va iqtidorli insonlar xuquqiy, buxgalteriya, marketing va ilmiy-pedagogik yoʻnalishlarda qoʻllab-quvvatlanishlari orqali oʻz biznes-loyihalarini xaqiqiy biznesga aylantirishlari uchun chinakam imkoniyatga ega boʻladigan maskandir.
AT Parkining yaratilish tarixi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyeevning 2018-yil 30-sentyabr va 2-oktyabr kunlari davomida Hindiston Respublikasiga davlat tashrifi chogʻida, Oʻzbekiston va Hindiston tomonlari axborot texnologiyalari sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish borasida kelishuvga erishishgan edi. Oʻzbekiston tomoni Oʻzbekistonda dasturiy mahsulotlar va startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan axborot texnologiyalari parkini Hindistonning ushbu sohadagi kompaniyalari bilan hamkorlikda va ularning ilgʻor tajribasiga tayangan holda, barpo etish borasida oʻz qiziqishini bildirdi. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni taʼkidlash mumkinki, AT Parki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan mamlakatda startap-ekomuhitini va startap-loyihalarini yaxshilash va ularning rivojlanishini taminlash maqsadida barpo etildi.
Keyinchalik, axborot texnologiyalari eko-muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2019-yilning 10-yanvarida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 17-sonli “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror qabul qilindi. Qaror mohiyatidan kelib chiqib, AT Parki Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi taʼsischiligi asnosida, masuliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil qilindi.
AT Parkining maqsad va vazifalari:
•axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni ichki va tashqi bozorlarga olib chiqish, innovatsion ishlanmalarni ragʻbatlantirish;
•texnopark rezidentlarini zarur infratuzilma bilan taminlash, shu jumladan, zamonaviy laboratoriyalar, ularga moliyaviy faoliyat yuritishda, marketing, huquqiy va boshqa sohalarda konsalting xizmatlari koʻrsatish, shuningdek, akseleratsiya dasturlari boʻyicha xizmat koʻrsatish;
•innovatsion faoliyat natijlarini tijoratlashtirishda startap loyihalarini yoʻlga qoʻyish, boshlangʻich bosqichdagi va kichik korxonalarga axborot texnologiyalari sohasida yordam koʻrsatish, shu jumladan, venchur moliyalashtirish asosida qoʻllab-quvvatlash;
•loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilishda, shu jumladan, zamonaviy texnologiyalar va dasturiy mahsulotlarni transfer qilish orqali rezidentlarga koʻmaklashish;
•yuqori texnologiyali mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish zanjirining uzluksizligini taminlash uchun ilmiy, ilmiy-tadqiqot, talim va ishlab chiqarish muassasalari bilan oʻzaro integratsiyalashuviga koʻmaklashish;
•axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar zamonaviy sinfini shakllantirish uchun aholi va yoshlar tayyorlovini tashkil etish;
•yetakchi kompaniyalar va mutaxassislarni jalb etgan holda, axborot texnologiyalari sohasida mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, shuningdek, ilmiy-amaliykonferensiyalar va seminarlar oʻtkazish.
AT Parki quyidagilarga ixtisoslashgan:
•Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari (Fintech, Medtech, Agrotech, Autotech, E-Gov, E-Commerce, IoT, Online Education);
•Davlat va xususiy venchur jamgʻarmalar;
•Xalqaro standardagi AT Akademiyasi;
•Zamonaviy jihozlarga ega qulay ish oʻrinlari va AT muhiti;
•Yuridik, buxgalteriya va marketing sohalarida koʻmak berish.
17-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida Oʻzbekistonda axborot texnologiyalari sohasida dastlabki Texnologik park – AT Parkining ochilishiga bagʻishlangan birinchi matbuout anjmani boʻlib oʻtdi.
Matbuot anjumanida Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari Umarov Olimjon Muxammadjonovich, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direktori Ibragimov Farxod Zairovich, AT Parki maslahatchisi janob Partasarti, AT Parkining boshqa masul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari xamda taniqli bloggelar ishtirok etdi.
Matbuot anjumanining asosiy mavzusi joriy yilning 24-iyul kuni boʻlib oʻtishi kutilayotgan AT Parkining ochilish marosimi boʻldi. Tadbirda koʻplab savollar, jumladan, AT Parkining kelgusidagi faoliyati, Texnopark dasturlari – inkubatsiya va akseleratsiya dasturiga arizalar qabul qilish, ushbu dasturlarning tanlov shartlari, AT Akademiyasi faoliyati va AT Parki rezidenti boʻlish talablari muhokama qilindi.
Matbuot anjumanida taʼkidlanganidek, hozirda inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga arizlar qabul qilish jarayoni muvaffaqiyatli tarzda yakuniga yetgan. Qabul qilib olingan bir yuz uch (103) nomzod orasidan 41 % akseleratsiya dasturiga (42 ta ariza) topshirilgan boʻlsa, qolgan 59 % (61 ta ariza) inkubatsiya dasturida qatnashish uchun yuborilgan. Ariza yoʻllaganlaring eng yoshi –16 yosh, eng katta yoshli nomzod esa 67 yoshda. Foiz koʻrsatkichida olinadigan boʻlsa, ariza yuborganlarning 51% ni 16 dan 25 yoshgacha boʻlganlar, 31% ni 26 dan 35 yoshgacha boʻlganlar va 18 % ni 36 hamda undan yuqori yoshdagilar tashkil qiladi. Kelib tushgan arizlar orasida axborot texnologiyalarining quyidagi yoʻnalishlari yetakchilik qildi: Elektron tijorat 54 %, Onlayn taʼlim – 13 % va IoT – 12 %.
Tadbirda, shuningdek, AT Parki oʻz kasbining ustasi sifatida katta tajribaga ega boʻlgan mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik qilishi aytib oʻtildi. Shu bilan birga, AT Parki oʻz mamlakatlaridagi axborot texnologiyalari sohasining yetakchi kuchiga aylangan tashkilotlar bilan oʻzaro aloqlarni rivojlantiradi. Hozirgi kunda AT Parki tomonidan “Software Technology Parks Of India” ( Nyu Dehli), “Tech-Nation” (London), Xalqaro Startaperlar Texnoparki “Astana Xab” (Nur-Sulton), Yuqori texnologiyalar sohasidagi Texnopark “AT-Parki” (Qozon), OOO “Eksadel” (Minsk), Mirzo Ulugbek Innovatsion Markazi», Toshkent shahridagi Inxa Universiteti, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, “Bussines School Humo Campus” MCHJ, kovorking markazlar tarmogʻi “GroundZero” va “C-Space” kovorking markazi kabi tashkilotlar bilan rasman hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan.
Bundan tashqari, matbuot anjumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5099-son Farmoniga binoan AT-Parki rezidentlari 2028-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan muddatga qadar quyidagilardan ozod etiladilar:
• barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburan ajratmalarni, shuningdek, yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlashdan;
•belgilangan tartibda tasdiqlangan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, oʻz extiyojlari uchun olib kirilayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy taʼminot vositalari uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona yigʻimlaridan tashqari);
•tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan tushgan tushumlar doirasida xorijiy mutaxassislarning chet el valyutasida naqd pulsiz shaklda ish xaqi xorijda ochilgan xalqaro toʻlov kartalariga toʻlashga ruxsat beriladi.
•jismoniy shaxslarning belgilangan daromadlariga solinadigan soliq foiz stavkasi 7,5 foiz;
•soliq solish maqsadida belgilanadigan jismoniy shaxslarning umumiy yillik daromadlari hajmiga kiritilmagan.
Yuqoridagi imtiyozlardan tashqari, xodimlar tomonidan AT Parki rezidentlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari boʻyicha 2028-yil
1-yanvargacha olingan mehnatga xaq toʻlash shaklidagi daromadlar:
•jismoniy shaxslarning belgilangan daromadlariga solinadigan soliq foiz stavkasi 7,5 foiz;
•soliq solish maqsadida belgilanadigan jismoniy shaxslarning umumiy yillik daromadlari hajmiga kiritilmagan.