O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nefrit ko’llari O’zbekistonning qo’riqlanuvchi tabiiy obyektlari ro’yxatiga kiritilishi kutilmoqda

2019-07-17 | Ekologiya

16 iyul kuni O’zbekistonning Ekologiya partiyasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi bilan hamkorlikda, Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi qo’llab-quvvatlashi ostida Nefrit ko’llari va uning atrofidagi hududlar ahvolini baholash uchun Urungachga ekspertlar guruhini yo’lladi.   

Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Tohir Soliyevning xabar berishicha, hozirda Ekologiya partiyasi tomonidan Nefrit ko’llari va uning atrofidagi hududlar himoyasi, shuningdek bu hududlarni O’zbekistonning ochiq osmon ostidagi muzey sifatida e’tirof etishga yo’naltirilgan qonun loyihasini ishlab chiqish va uni Vazirlar Mahkamasiga kiritishga doir ishlar olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi Nefrit ko’llarini ifloslanishdan himoyalash va sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi.   

Поделиться