O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasining AQShdagi uchrashuvlari to‘g‘risida

2019-07-17 | Siyosat

2019-yilning 16-23-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya AQShga amaliy tashrif doirasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, moliyaviy va investitsiya aloqalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qator tadbir va uchrashuvlarda ishtirok etadi.

Delegatsiya tarkibiga O‘zbekiston Investitsiya va tashqi savdo vazirligi hamda Kapital bozorini rivojlantirish agentligi rahbarlari, “O‘zbektelekom” AJ, “O‘zsanoatqurishbank” ATB, “Infinbank” ATB, “Toshkent” RFB, “O‘zavtosanoat” AK, “Markaziy depozitariy” DK, “O‘zkimyosanoat” AJ, “Asaka” ATB, “O‘zRTXB” AJ hamda respublikaning yetakchi xususiy aksionerlik kompaniyalarining 20 dan ortiq mutaxassislari kirdi.

O‘zbekistonning Vashington shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra O‘zbekiston Hukumati iqtisodiy blok vakillarining tashrifidan maqsad – AQSh ma’muriyatining qator vazirlik va idoralari, Jahon banki guruhi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazish, yirik korporatsiya va kompaniyalar, hej-fondlar, investitsion banklar va xalqaro moliyaviy institutlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ular bilan Amerika biznesining respublikadagi davlat tashkilotlarini xususiylashtirish va modernizatsiya qilish dasturida ishtirok etishi istiqbollarini muhokama qilish.

Vashington shahrida mamlakatimiz delegatsiyasi AQSh ma’muriyati va Kongressi a’zolari, yetakchi tahlil markazlari ekspertlari hamda Amerika moliya korporatsiyalari, konsalting va yuridik firmalari vakillari uchun O‘zbekistonning investitsion salohiyati to‘g‘risida taqdimot o‘tkazadi.

AQSh poytaxtida O‘zbekiston delegatsiyasining Ikki tomonlama savdo-sanoat palatalari xalqaro ittifoqida o‘tkaziladigan “Diniy erkinliklar orqali barqarorlik va iqtisodiy taraqqiyotni ilgari surish” mavzusidagi panel muhokamasida ishtirok etishi ham rejalashtirilgan. Tadbirda diniy erkinliklarni ta’minlash masalalari mamlakatimiz savdo-investitsion jozibadorligini oshiruvchi muhim faktorlardan biri sifatida muhokama qilinadi.

Nyu-York shahrida “O‘zbekiston kapital bozorining imkoniyatlari” investitsiya forumini o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, forum AQSh investorlari, yetakchi fond birjalari va regulyatorlari bilan yaqin sherikchilik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va ular bilan muayyan ikki tomonlama loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishishga imkon beradi. Ushbu tadbirda strategik, institutsional va portfel investorlari qatoriga kituvchi AQSh kompaniyalari va firmalari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi qator ikki tomonlama uchrashular o‘tkazadi, xususan, Oq uy ma’muriyati, Davlat departamenti, G‘aznachilik va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi mansabdor shaxslari bilan muzokaralar rejalashtirilgan. Kongressda Senat va Vakillar palatasining “O‘zbekiston bo‘yicha Kokus” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etish rejalashtirmoqda. Vashington shahrida bo‘lish chog‘ida AQSh Moliyaviy xizmatlar sohasini tartibga solish xizmati, Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi rahbariyati, shuningdek, Jahon banki guruhi boshqaruvchi tarkibi vakillari va Xalqaro moliya korporatsiyasi ekspertlari bilan muzokaralar o‘tkazish kutilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi, xususan, Oq uy ma’muriyati, Davlat departamenti, G‘aznachilik va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi mansabdor shaxslari bilan muzokaralar rejalashtirilgan. Kongressda Senat va Vakillar palatasining “O‘zbekiston bo‘yicha Kokus” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etish rejalashtirmoqda. Vashington shahrida bo‘lish chog‘ida AQSh Moliyaviy xizmatlar sohasini tartibga solish xizmati, Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi rahbariyati, shuningdek, Jahon banki guruhi boshqaruvchi tarkibi vakillari va Xalqaro moliya korporatsiyasini ekspertlari bilan muzokaralar o‘tkazish kutilmoqda.

Nyu-York shahrida Nyu-York fond birjasi (NYSE) va yuqori texnologik kompaniyalar aksiyayalariga ixtisoslashgan NASDAQ birjasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkaziladi. O‘zbekiston vakillari “NYSE”da birja savdolari ochilish marosimida ishtirok etadi.

Tashrif chog‘ida qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Поделиться