O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kinoturizm: Oʻzbekistonda XI-XII asrlardagi Markaziy Osiyo xalqlari tarixi haqida serial tasvirga olinadi

2019-07-16 | Turizm

2019-yilning oktabr oyida Oʻzbekiston hududida Jeykob Shvars jamoasi (8K formatidagi ilk filmni olgan jamoa) tomonidan XI-XII asrlardagi Markaziy Osiyo xalqlari tarixi haqidagi serialning ilk epizodi tasvirga olinadi. Epizod tasvirga olinuvchi joylar boʻyicha kelishuvga erishilgan.  

Film uchun aktyorlar tarkibi xorijdan jalb etiladi, zero bu birinchi pilot loyiha boʻlgani uchun toʻliq ingliz tilida ishlanadi, keyingi seriallarga oʻzbek aktyorlari ham jalb etiladi.

Serialning tarixga muvofiq kelishiga Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi maslahatchisi Behruz Hamzayev masʼul, Shvars jamoasi esa prodakshn va post-prodakshn ishlari uchun javob beradi. Bu film Neftlix yoki Amazon orqali targʻib qilinadi. Ushbu serial loyihasini yoʻlga qoʻyishga nima turtki berdi? Shu kungacha “Taxtlar oʻyini” seriali juda koʻp odamlar tomonidan sevib tomosha qilindi. Undagi koʻplab elementlar aynan Markaziy Osiyo xalqlari tarixidan kelib chiqqan. Shundan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston hududida tarixiy serialni suratga olishga ahd qilindi. “5-10 yil oldin Hollivudda yunon mifologiyasiga oid filmlar urf boʻlgan edi. Keyinchalik bu Misr va Skandinaviya mifologiyalari bilan almashdi.

Bugunga kelib esa paradigma Markaziy Osiyo xalqlari va Sharq afsonalariga yaqinlashmoqda. Ushbu serialni Hollivud katta ekranlariga olib chiqishga harakat qilamiz, zero ayni damda kinematografiya eng rivojlangan davlat AQSH hisoblanadi”, - deydi Hamzayev.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ushbu loyihaning toʻlaqonli hamkori sifatida ishtirok etmoqda. Bundan maqsad kinematografiya turizm targʻibotida muhim rollardan birini oʻynaydi. “Misol uchun, “Taxtlar oʻyini”da voqealar rivoji asosan Dubrovnik shahrida tasvirga olingan va bugunga kelib u toʻrtinchi yil ketma-ket Yevropaning eng zoʻr sayyohlik maskani hisoblanadi.

“Xuddi shu tariqa biz ham shaharlarimiz targʻibotini yoʻlga qoʻyamiz. Serialni koʻrgandan keyin odamlarda bu voqealar qayerda olingan ekanligiga oid savollar va qiziqish paydo boʻladi. Bu turistlar bilan birga boshqa kinoijodkorlarni ham Oʻzbekistonga jalb qilib, turizmning bunday turini rivojlantirishga zamin yaratadi”, - deya izohlaydi Qoʻmita raisi maslahatchisi.

Maʼlum boʻlishicha, tarixiy serial saundtreki taniqli o'zbek bastakori va koʻplab xitlar muallifi Shahnoz tomonidan bastalanmoqda.  

Поделиться