O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fotobatl “Selfi & Turizm”: Selfi qil va smartfon yutib ol!

2019-07-15 | Turizm

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va mehmonlari uchun ajoyib fotobatl – “Selfi & Turizm” tanlovi start olganini eʼlon qilamiz. Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Turizm oʻquv-konsalting markazi” DUK, “Oʻzbekiston gidlar uyushmasi” DUK tomonidan oʻtkazilmoqda.  

Tanlovda 15 yoshga toʻlgan va undan yuqori yoshdagi shaxslar ishtirok etishi mumkin. Fotobatlda ishtirok etish shartlari juda ham oson, buning uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish kerak: 1. Oʻzbekiston hududida joylashgan arxitektura, tabiat yoki art obyektlari yonida selfi suratga olish;

2. 2019-yil 30-avgustga qadar #UZBEKISTANandMe yoki #UZBEKISTANiYa xeshteglarini qayd etgan holda “Facebook” yoki “Instagram” (yoki birdaniga ikkita ijtimoiy tarmoqda)da tayyor suratni joylash.

3. Surat taʼrifida:

- yodgorlik (obyekt) nomi; - joylashgan hudud; - rakurs (suratga olish uchun eng omadli nuqta)ni koʻrsatib oʻtish. Fotobatl quyidagi nominatsiyalarda tashkil etiladi: - “Arxitektura obyektlari bilan eng yaxshi foto” (3 gʻolib) - “Art-obyektlar bilan eng yaxshi foto” (3 gʻolib) - “Tabiat obyektlari bilan eng yaxshi foto” (3 gʻolib) - “Eng yaxshi kreativ foto” (1 gʻolib)

Har toʻrt nominatsiyadan eng koʻp layk yigʻgan 10 surat tanlovning ikkinchi bosqichiga oʻtadi va facebook.com. ijtimoiy tarmogʻida Hayʼat komissiyasi sahifasida ovozga qoʻyiladi.

Eng koʻp ovoz yigʻgan suratlar mualliflari 2019-yil 27-sentabr Butunjahon turizm kuniga bagʻishlangan tantanada qimmatbaho sovrinlarni qoʻlga kiritishadi.

Birinchi oʻrin uchun - Samsung Galaxy S10, Ikkinchi oʻrin uchun– Samsung Galaxy A9, Uchinchi oʻrin uchun – smartfon Samsung Galaxy A7.

“Eng kreativ foto” nominatsiyasi gʻolibi Samsung Galaxy A7 smartfoni bilan taqdirlanadi.

Tanlovning batafsil maʼlumotlari bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin.  

Поделиться