O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bola tarbiyasi uchun ota-onalar masʼuliyatini oshirish choralari koʻrilmoqda
2019-07-15 | Ta’lim
Xalq taʼlimi vazirligining Huquqiy-nazorat xizmati xodimlari tomonidan Toshkent viloyati, Chirchiq shahridagi 21-maktab oʻquvchilari ishtirokida roʻy bergan koʻngilsiz holat oʻrganib chiqildi.
Oʻrganish jarayonida joriy yilning mart oyi boshlarida 21-maktabining uch nafar 10-sinf oʻquvchi qizlari 9-sinf qizning sochidan tortib, yuz va qorin qismiga zarbalar bergan. Bemaʼni soʻzlar bilan haqoratlab urgan. 10-sinf oʻquvchilaridan biri janjalni uyali telefoni orqali tasvirga tushirib, ijtimoiy tarmoqqa chiqarib yuborgan.
Mazkur ish voyaga yetmaganlar boʻyicha Chirchiq shahar idoralararo komissiyasiga taqdim etildi.
Voyaga yetmaganlar boʻyicha Chirchiq shahar idoralararo komissiyasining 2019-yil 6-iyul kungi 72-sonli qaroriga asosan farzandlarini tarbiyalash borasidagi majburiyatlarini bajarmaganliklari (MJtKning 47-moddasi 1-qismi) uchun voyaga yetmagan toʻrt nafar qizlarning ota-onalari 101,36 ming soʻmdan 608,09 ming soʻmgacha jarimaga tortildi. Tarbiya oiladan boshlanishi hamda voyaga yetguncha ota-onalar farzandlari tarbiyasi uchun masʼul ekanligini doimo yodda tutishlari muhimdir. Shundagina bu kabi noxush hodisalarni oldini olish mumkin boʻladi.