O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Oʻzbekiston pochtasi” AJning Bosh direktori vazifasini bajaruvchisi tayinlandi
2019-07-11 | Texnologiyalar
2019-yil 11-iyul kuni “Oʻzbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi majlisi boʻlib oʻtdi.
Majlisda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sadikov, “Oʻzbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyatining Kuzatuv kengashi raisi va aʼzolari ishtirok etdilar.
Majlis kun tartibidagi “Oʻzbekiston pochtasi” AJ Bosh direktori vazifasini bajaruvchisini tayinlash masalasi koʻrib chiqildi.
Kun tartibidagi masala muhokama etilgach, Kuzatuv kengashi raisi va aʼzolarining taklifidan kelib chiqib, amaldagi qonunchilikka asosan “Oʻzbekiston pochtasi” AJ Aksiyadorlarining Umumiy yigʻilishida Bosh direktorni tayinlash masalasini koʻrib chiqilgunga qadar, jamiyat Bosh direktori vazifasini bajaruvchisi etib Fayzullayev Alisher Nasibullayevich tayinlandi.