O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nebraska Universitetining Afg‘onistonni tadqiq etish markazi direktori bilan uchrashuv

2019-07-11 | Siyosat

2019-yilning 10-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev AQShning Omaha shtati Nebraska Universiteti qoshidagi Afg‘onistonni tadqiq etish markazi direktori Sher Jan Ahmadzay bilan uchrashdi.

Markaz Afg‘oniston muammosi bo‘yicha Vashingtondagi nufuzli siyosiy doiralar uchun ekspert xulosalarini tayyorlash jarayonida faol ishtirok etadi, Afg‘oniston va Markaziy Osiyo mintaqasi ekspert doiralari orasida katta obro‘ga ega.

Suhbat chog‘ida Afg‘oniston inqirozini hal qilish bo‘yicha O‘zbekiston sa’y-harakatlari hamda Afg‘onistonni iqtisodiy tiklash bo‘yicha mamlakatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Markaz direktori Afg‘onistonni mintaqaviy jarayonlarga keng integratsiyalashuvi, mamlakatda O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan turli infratuzilma loyihalarini to‘liq joriy etishga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Prezident Shavkat Mirziyoyev siyosatini yuksak baholadi.

Sher Jan Ahmadzayning so‘zlariga ko‘ra, mintaqaviy integratsiya jarayonlariga Kobulni faol jalb qilish va mamlakatni Markaziy Osiyo mintaqasining ajralmas qismiga aylantirishga qaratilgan O‘zbekiston rahbarining Afg‘oniston bo‘yicha tashabbuslarini uning boshchiligidagi Markaz tomonidan har taraflama va to‘liq qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Sher Jan Ahmadzay Markazning Markaziy Osiyodagi joriy tendensiyalar borasida ilmiy tadqiqot o‘tkazish, mintaqaviy aloqalarni va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qiziqishi borligini qayd etdi.

Toshkentning Afg‘oniston yo‘nalishidagi harakatlari dolzarbligiga, ularning aniq natijaga yo‘naltirilganligi va maqsadli xarakteriga, shuningdek mintaqa davlatlari bilan yaqin hamkorlikning muhimligiga e’tibor qaratar ekan, Sher Jan Ahmadzay “Afg‘oniston – Markaziy Osiyo” yo‘nalishiga urg‘u bergan holda Markaz faoliyati shaklini kengaytirish qarori to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Markaz tomonidan O‘zbekistonning ta’lim sohasidagi, jumladan Termiz shahridagi Ta’lim markazi bazasida Afg‘oniston milliy kadrlarini tayyorlash borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Afg‘onistonni tadqiq etish markazi va Afg‘oniston yo‘nalishiga ixtisoslashgan O‘zbekistonning ekspert doiralari o‘rtasida yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yishga ikki tomon ham qiziqish bildirdi.

Поделиться