O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqandda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi I turistik yarmarkasi boshlandi

2019-07-09 | Turizm

Bugun 2019-yil 9-iyul kuni Samarqandda birinchi anʼanaviy Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi turistik yarmarkasi oʻz ishini boshladi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tashabbusi bilan joriy yil Samarqand shahrida tashkil etilayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Turizm kengashining navbatdagi yigʻilishi doirasida oʻtkazilmoqda.   

Ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov,  Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v.v.b. Abdulaziz Aqqulov va MDH ijroiya qoʻmitasining doimiy vakili Tatyana Kovaleva soʻzga chiqishdi. Samarqand viloyati hokimi xalqaro yarmarka mehmonlari va ishtirokchilarini qutlagan holda, hozirgi kunda Oʻzbekiston va MDH davlatlari oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalar shiddat bilan rivojlanayotgani va bugungi tadbir buning yaqqol dalili ekanligini qayd etib oʻtdi.

Hokim mazkur tadbir nafaqat mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni yanada yaxshiroq mustahkamlashga, balki turistik salohiyatni xalqaro miqyosda ommalashtirishga ham hissa qoʻshishini taʼkidladi. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v.v.b. Abdulaziz Aqqulov qayd etishicha, Oʻzbekistonda 7,4 mingdan ortiq madaniy meros obyektlari mavjud boʻlib, toʻrt shahar YUNESKO Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

“Soʻnggi yillarda Davlatimiz rahbari va respublika hukumati qarorlari bilan turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish, turistik mahsulotni diversifikatsiya qilish va sayyohlarni Oʻzbekistonga jalb etish boʻyicha keng koʻlamdagi chora-tadbirlar amalga oshirildi.  Misol uchun, joriy yilning may oyida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan Samarqand viloyatining turizm sohasini kompleks tahlili, jumladan, Samarqandga tashrif buyurgan sayyohlar orasida ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazildi. 

Tahlilga muvofiq, MDH davlatlaridan tashrif buyurgan sayyohlarning 70 foizi Samarqandda 2-4 kun boʻlishni afzal koʻrishadi, MDH mamlakatlaridan koʻplab sayyohlar oʻz oilasi, shuningdek, guruhlar tarkibida Oʻzbekistonga sayohat qilishadi. Albatta, biz bu bilan chegaralanib qolishimiz kerak emas. Biz xizmat koʻrsatishni yaxshilash, turizm sohasidagi kadrlarni tayyorlash ustida ish olib borishimiz zarur”, – deya qayd etdi Abdulaziz Aqqulov.

Ikki kunlik tadbir dasturi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi turistik yarmarkasining ochilish marosimi va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-mamlakatlari Turizm kengashi yigʻilishi, milliy stendlarga tashrif, yangi marshrutlar va yoʻriqnomalar taqdimoti, shuningdek, “Ipak yoʻli” Xalqaro turizm universiteti taqdimotlarini oʻz ichiga oladi.  

Shuningdek, tadbir doirasida  “MDH mamlakatlarida turizm va mintaqaviy hamkorlik: yangi chaqiruvlar va imkoniyatlar” Xalqaro ilmiy-amaliy seminarini ham tashkil etish rejalashtirilgan. Unda ilmiy doira vakillari ishtirok etib, turizm sohasida mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama etiladi, soha rivojidagi muammolar va ularni hal etish yoʻllari oʻrganiladi.Tadbirlarda Oʻzbekiston Vazirlik va idoralar vakillari, xalqaro hamkorlar va Qozogʻiston, Belarus, Armaniston, Ozarboyjon, Turkmaniston, Rossiya, Qirgʻiziston va Tojikistondan mehmonlar, shuningdek, ilmiy va ishbilarmon soha vakillari, mahalliy va chet el OAV vakillari ishtirok etmoqda.  Ochilishda shuningdek, Belarus Respublikasi Sport va turizm vaziri oʻrinbosari Mixail Portnoy ham ishtirok etdi.

OAV bilan boʻlgan qisqa intervyu chogʻida u Belarus va Oʻzbekiston oʻrtasida qoʻshma turlarni tashkil etish istiqbollari va imkoniyatlari haqida aytib oʻtdi: “Bugun tadbir  - bu ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona sayohatlar uchun ajoyib imkoniyat. Masalan, bugun bizning vakillar tomonidan bu yerda Pokiston, Oʻzbekiston, Hindistonga qoʻshma turlar loyihasi namoyish etiladi.  Yoʻnalishlar juda koʻp. Eng asosiysi, bu kabi tadbirlar juda koʻp amaliy foyda koʻrsatadi.   Bugungi Kengashda nafaqat davlat idoralari vakillari, balki turizm sohasidagi katta biznesmenlar ham ishtirok etishmoqda.  Masalan, men bilan sanatoriya-dam olish sektori, tibbiy turizm, madaniy-maʼrifiy turizmni namoyish etuvchi vakillar ham tashrif buyurgan. Ular bugun  b2b doirasida mahalliy vakillar bilan suhbat qurishadi va oʻzbek bozoriga oʻz mahsulotlarini namoyish etishadi. Shuni taʼkidlab oʻtamanki, qoʻshma loyihalarni rivojlantirish uchun Samarqand va Minsk oʻrtasiga toʻgʻridan-toʻgʻri reysning ochilishi katta turtki boʻldi”.  

Поделиться