O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvga doir
2019-07-08 | Siyosat
2019-yilning 6-iyul kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun Bishkek shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlari masalalari, hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish yo‘llari muhokama qilindi hamda “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” shaklidagi 15-vazirlar uchrashuvi kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot davomida oliy darajadagi muntazam aloqalar O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlarda ikki tomonlama munosabatlar va xalqaro maydondagi aloqalarning barcha masalalariga o‘zaro maqbul yechim topishga imkon beruvchi ijobiy muhit shakllantirgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Vazirlar turli darajalarda bo‘lajak uchrashuvlar jadvali yuzasidan ham fikr almashdilar.