O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Hijab Traveling” O’zbekistonning ziyorat turizmini targʻib etishda davom etmoqda

2019-07-05 | Turizm

Indoneziyaning “Trans 7” telekanalining “Hijab Traveling” televizion dasturi orqali Buxoro shahrining ziyorat turizmi salohiyati namoyish etildi.

“Trans 7” telekanali Ramazon oyidan boshlab Oʻzbekiston haqida turkum koʻrsatuvlarni namoyish etib kelmoqda.

Avvalroq, “Hijab Traveling” televizion dasturida Toshkent va Samarqand shaharlari haqida koʻrsatuvlar namoyish etilgan edi. Hozirda Indoneziyaning “Trans 7” telekanali “Trans TV” kanali bilan birgalikda Indoneziyaning eng yirik mediaxoldingi hisoblangan “TransMedia” tarkibiga kiradi.

Ta’kidlash joizki, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekistonning Indoneziyadagi elchixonasi boshlagan muzokaralar natijasida “Hijab Traveling” televizion dasturi ijodkorlari joriy yilning aprel oyida mamlakatimizga tashrif buyurishdi.

Tashrif doirasida Toshkent shahri va Toshkent viloyati, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida joylashgan qadamjolar hamda ziyoratgohlar haqida koʻrsatuvlar tayyorlashdi. 

Поделиться