O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan birga O‘zbekistonda kasbiy ta'lim tizimi takomillashtiriladi

2019-07-04 | Ta’lim

2019-yil 3-iyul O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GITS) vakillari bilan “O‘zbekistonda kasbiy ta'lim tizimini modernizatsiyalash va isloh qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlash” yangi loyihasi doirasida amalga oshiriladigan istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Uchrashuvda GITS baholash missiyasi rahbari Rolf Peter, “Markaziy Osiyoda kasbiy ta'lim” loyihasining O‘zbekistondagi milliy koordinatori Jahongir Jo‘raev hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev boshchiligidagi vazirlik mas'ullari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida 5 mln. yevro moliyaviy qiymatga ega yangi loyiha doirasida Germaniya tajribasiga asosan O‘zbekistonda kasbiy malaka standartlarini ishlab chiqish, o‘zaro hamkorlikda kasbiy malakani baholash markazini tashkil etish, yo‘l qurilishi sohasida kasbiy ta'lim beriladigan o‘quv markazini ochish masalalari xususida fikr yuritildi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar ko‘rib chiqilgan takliflarni o‘zaro hamkorlikda amalga oshirishga kelishdi.

Поделиться